09:44 / 07.03.2020
0
16018
Toshkentda yana bir ko‘cha 10 kunga yopildi

Temur Malik ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Maxtumquli va Parkent ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi yopildi

Joriy yilning 6 mart kuni soat 23:00 dan 17 martga qadar Yashnobod tumani Temur Malik ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Maxtumquli va Parkent ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopildi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bu Yashnobod tumani Parkent, Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalari kesishmasida uch qavatli ko‘prik qurilishi ishlari ketayotgani sababli amalga oshirildi.

Shuningdek, Tuzel mavzesi yo‘nalishi bo‘ylab yangi qurilayotgan ko‘prik chorrahasiga kirish yo‘li ham vaqtincha yopildi.

Shu vaqt oralig‘ida ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yo‘llar orqali yurishlari mumkin bo‘ladi.

 

Hokimlik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Avvalroq, Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopilgani xabar berilgandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top