23:58 / 08.03.2020
0
8477

APL. «Manchester derbisi»da «Yunayted» «Siti»ni mag‘lub etdi

Foto: Getty Images

Angliya Premer-ligasi 29-turi doirasidagi markaziy uchrashuv «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari o‘rtasida o‘tdi.

«Old Trafford»da kechgan qarama-qarshilikning 30-daqiqasida hisob ochildi. Brunu Fernandeshning chiroyli uzatmasidan keyin Marsiyal ajoyib zarbasi bilan Ederson darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning boshida Aguero hisobni tenglashtirdi, ammo VAR tizimi orqali gol o‘yindan tashqari holatda kiritilgani aniqlanib, bekor qilindi.

90+7-daqiqada esa Edersonning qo‘pol xatosidan keyin Maktomini chamasi 35 metrlardan bo‘sh darvozani ishg‘ol etib, jamoasiga ishonchli g‘alabani taqdim etdi – 2:0.

Shunday qilib, APL doirasidagi mavsumdagi ikkinchi «Manchester derbisi»da ham Sulsher Gvardiolani mag‘lub eta oldi. 

Muhim o‘yindagi g‘alabadan so‘ng «MYu» ochkolari sonini 45taga yetkazib, 5-o‘rinda qoldi. «Siti» esa 57 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

APL. 29-tur. 8 mart (yakshanba)

Manchester Yunayted – Manchester Siti 2:0
Gollar: 1:0 – 30 Marsyal, 2:0 - 90+7 Maktomini.

Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams (Bayi, 78), Shou, Lindelef, Uan-Bissaka, Brunu Fernandesh, Matich, Jyeyms, Fred, Marsyal (Maktomini, 78), Maguayr.

Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Joau Kanselu, Zinchenko (Mendi, 77), Fernandino, Bernardu Silva (Marez, 59), Rodri Ernandes, Foden, Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 59).

Ogohlantirishlar: Fernandino (29), Rodri Ernandes (30), Fred (42), Joau Kanselu (59).

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top