10:21 / 08.03.2020
0
3119
Italiyaning shimolidagi 14 ta viloyatda koronavirus sababli harakatlanish taqiqlandi
Foto: EPA/Vostock-photo

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte koronavirus tarqalishini to‘xtatish maqsadida Lombardiya muxtor viloyati va mamlakatning yana 14 ta shimoliy viloyatiga kirib-chiqishni cheklovchi farmonni imzoladi.

Cheklovlar 8 martdan 3 aprelgacha amal qiladi hamda butun Lombardiyadan tashqari, Modena, Parma, Pyachensa, Rejo-Emiliya, Rimini, Pezaro-e-Urbino, Venetsiya, Paduya, Trevizo, Asti, Verbano-Kuzo-Ossola, Novara, Verchelli va Alessandriya violyatlarini qamrab oladi.

Ushbu hududlarga kirish-chiqish va ular ichida harakatlanish ish va oilaviy sabablar bilan bog‘liq o‘ta uzrli holatlardan tashqari boshqa holatlarda taqiqlanadi.    

Corriere della Sera nashri ma'lumotlariga ko‘ra, harakatlanishga yangi cheklovlar Italiya aholisining chorak qismidan ko‘prog‘iga ta'sir ko‘rsatadi.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 5883 nafarni tashkil qilmoqda, ulardan 233 nafari vafot etgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top