09:46 / 08.03.2020
0
5081
O‘zbekistonda yanvar-fevral oylarida 265 kishi YTH qurboni bo‘ldi

O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar-fevral oylarida 802ta YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati respublika hududida joriy yilning ikki oyi davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar–fevral oylarida 802ta YTH sodir bo‘lgan va ulardan 255tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Ikki oy davomida sodir bo‘lgan YTHlarda umumiy hisobda 265 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 188 nafari voqea joyida, 77 nafari bir kun o‘tib kasalxonada vafot etgan. Yana 724 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Yo‘l-transport hodisalarining 212tasi piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi, 105tasi haydovchilarning belgilangan tezlikka rioya qilmasligi oqibatida sodir bo‘lgan. 102ta holat haydovchining piyodani ko‘rmay qolishi, yana 70tasi quvib o‘tish qoidalari buzilishi sababli yuz bergan.

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari Toshkent shahri (116ta), Toshkent viloyati (109ta), Namangan (79ta) va Farg‘ona viloyatlarida (71ta) kuzatilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top