14:01 / 09.03.2020
4
28729
244 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Saudiya Arabistonidan olib chiqib ketildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarni charter reys bilan mamlakatdan olib chiqib ketdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabar bergan

Foto: AFP

Jiddadan Toshkentga charter reysi orqali Umra amalini ado etayotgan 244 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Barcha yo‘lovchilarning tana harorati ikki marta o‘lchandi, koronavirus belgilari aniqlanmadi, deb yozadi RIA Novosti.

Barcha kelganlar yashash manzili bo‘yicha ikki haftalik tibbiy nazorat ostida bo‘lishadi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 27 fevraldan Saudiya Arabistonining Jidda va Madina shaharlariga barcha reyslarni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu chora Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagani bilan bog‘langan. Ushbu taqiqlov ostiga 25 ta davlatdan keluvchi, jumladan o‘zbekistonlik turist va ziyoratchilar tushgan bo‘lib, u koronavirus tarqalishi xavfining oldini olish zarurati bilan tushuntirilgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniya qisqa vaqt ichida Saudiya Arabistonidan o‘zbekistonliklarni qaytarish maqsadidagina ushbu mamlakatga bir nechta reysni amalga oshirishi aytilgandi.

Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus sababli Tokio va Rim shaharlariga ham parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgani xabar qilingandi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 martdan Janubiy Koreyaga bo‘lgan qatnovlarni ham vaqtincha to‘xtatgan va ushbu mamlakatdagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlagan.

 Shuningdek, 2020 yilning 1 mart kunidan Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top