10:01 / 09.03.2020
0
4110
Bo‘stonliqda giyohvandlik vositasini saqlab kelgan Rossiya fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Toshkent viloyatida giyohvandlik vositasini g‘ayriqonuniy saqlash va yetishtirish aniqlandi

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 29 fevral kuni Bo‘stonliq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir jarayonida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi 52 yoshli G.O. “Chorbog‘” qo‘rg‘onida joylashgan dala hovlisida 42,14 gramm “marixuana” giyohvand vositasini saqlab kelayotganligi, bundan tashqari gul tuvaklarida 51 tub giyohvand o‘simliklarini yetishtirib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Tadbir davomida aniqlangan giyohvandlik vositalari va o‘simliklar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va G.O. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top