16:29 / 09.03.2020
0
10794
Eronda koronavirus sababli 70 mingga yaqin mahbus ozodlikka chiqarildi

Eronda koronavirus haqida ilk bor xabar qilingan 19 fevraldan buyon ushbu kasallikka chalinganlar soni 6566 nafarga yetgan, 200ga yaqin kishi vafot etgan. Mamlakatda koronavirus qayd etilmagan birorta ham viloyat qolmagan.

Foto: AFP/Getty Images

Eron koronavirus sababli vaqtincha ozodlikka chiqarilgan 70 ming nafar mahbusni qamoqxonaga qaytarish niyatida emas., deb ma'lum qildi mamlakat sud hokimiyati rahbari Ibrohim Raisiy.

"Jamoat xavfsizligiga tahdid paydo bo‘lmagunicha mahbuslarni ozodlikka chiqarish davom etadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mizan Online agentligi.

Avvalroq Eron sud hokimiyati rasmiy vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy qamoqxonalardan 54 mingga yaqin mahbus vaqtincha ozod etilganini ma'lum qilgandi.

Eronda koronavirus haqida ilk bor xabar qilingan 19 fevraldan buyon ushbu kasallikka chalinganlar soni 6566 nafarga yetgan, 200ga yaqin kishi vafot etgan. Mamlakatda koronavirus qayd etilmagan birorta ham viloyat qolmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top