15:06 / 09.03.2020
4657
Hayotni so‘ndirayotgan oqqon va yaxshilar yordamiga muhtoj bemor bolajonlar

Inson hayotga bir marotaba keladi. Uni qay tarzda o‘tkazish har kimning o‘ziga bog‘liq. Lekin, shunday insonlar borki, o‘zgalarning nafaqat e'tibori, balki, ozgina yordami ham ularga katta imkoniyat va hayot baxsh etadi. Bu insonlarni sizlar bilan tanishtirish maqsadida, biz, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar oldik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlashdik.

Birinchi bemorimiz Azizbek Mamasidiqov, Namangan viloyati Chortoq tumanidan kelgan. 2019 yil iyun oyidan buyon gematologiya shifoxonasida davolanib kelmoqda. Kelajakda shifokor bo‘lib, o‘ziga o‘xshagan bemor bolalarni davolash niyatida bo‘lgan Azizbek oilada opasidan keyingi ikkinchi farzand. Otasi usta yordamchisi. Onasi Ergasheva Zulfiyaxonning aytishicha, kasallikni davolash uchun bir kursiga 40 mln. so‘mdan ketadi. Bundan tashqari Toshkent shahrida 250 dollar bilan ijarada yashaydi. Oila moddiy tomondan juda qiynalgan. Yaxshilar yordami havodek zarur.

Azizbekka oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0417 3529 9621

(Agrobank, onasi Ergashova Zulfiyaxon nomida)

Telefon raqami: +99894 509 80 83

Ikkinchi bemor bolajonimiz Mirzag‘olib Saidmurodov. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 2014 yilda tug‘ilgan. “2019 yil sentabr oyidan buyon davolanmoqdamiz. Hozir ikkinchi kursdamiz. Farzandimning otasi Bahriddin Toshmirzayev oddiy ishchi. Kasallik aniqlangandan buyon Toshkent shahrida ijarada yashaymiz. O‘zi qishloq sharoitida og‘ir ahvolda yashab kelayotgan edik. Buning ustiga bizni bu kasallik ham ancha ezib qo‘ydi” –, deydi Mirzag‘olibning onasi Zuhra opa.

Mirzag‘olibning zaruriy ma'lumotlari:

Plastik karta raqami: 8600 0609 2497 3002

 (Xalq banki, onasi Hamavova Zuhra nomida)

Viza karta: 4097 8311 0064 7159

(Sanoat qurilish bank, bemorning qarindoshi Baxram Xudoyberganov nomida)

Telefon raqami: +998996437183

Navbatdagi bemorimiz Solihabonu Hamidullayeva, Toshkent shahri Olmazor tumanida 2011 yilda tug‘ilgan. Oilada ikkinchi farzand bo‘lgan Solihabonu bir yil davomida oqqon kasalligi bilan kurashib kelmoqda. Kasallik davomidagi og‘riqlar yetmaganidek, butun tanasi bo‘ylab turli xil dog‘lar paydo bo‘lmoqda. Kasallikni davolash, xollarni yo‘qotishning iloji bor, faqat oilaning mablag‘i yetishmaydi. Buning uchun Hindistonga borish kerak. Borish-kelish va yo‘ldagi xarajatlar jami 8 ming dollar atrofida bo‘lar ekan. Solihabonuning otasi haydovchi, onasi uy bekasi bo‘lgani uchun  oilada buncha mablag‘ yo‘q. Yagona umidi siz yaxshilardan.

Solihabonuga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0417 2660 8087

(Agrobank, onasi Habibullayeva Nargiza nomiga ochilgan)

Sberbank karta raqami: 5469 5500 3818 6877

(Qarindoshi Muzaffar Egamnazarov nomida)

Telefon raqami: +998946656619

Tanasida og‘riq, ko‘zida namlik bilan yashayotgan yana bir bemorimiz Dilnozaxon Abduqayumova. 2006 yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. Hozirda 1-kurs muolajalarini olmoqda. Kasalxonaga yaqinda kelishgan bo‘lsa-da, moddiy yordamga juda muhtoj. Onasi Saodat Bobomurodovaning aytishicha, Dilnozaxondan umidlari katta. Kelajakda shifokor bo‘lishni orzu qiladi. O‘ziga o‘xshagan bemorlarni davolab, yetuk mutaxassis bo‘lish niyatida. Lekin buning uchun u sog‘ayishi kerak. Sog‘ayishi uchun esa, siz yaxshilarning yordamingiz juda asqotadi. Dilnozaxonga yordam qo‘lini cho‘zing.

Dilnozaxonga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami:

9860 1401 2137 7794 (Savdogarbank, bemorning qarindoshi Firdavs Abdumurodov nomida)

8600 0429 9012 0916 (Agrobank Sirojiddin Abduqayumov nomida)

Telefon raqami: +998915805160

Lavhamizning so‘nggi qahramoni Sunnatillo Tojiboyev 2012 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oilada ikki farzandning birinchisi bo‘lgan Sunnatillo shifoxonada 2019 yil dekabrdan buyon davolanib kelmoqda. “O‘g‘lim oqqon kasalligiga chalindi. Bu ham yetmaganidek, kimyoviy dorilarning ta'sida yomon odatlar ham chiqargan. Bungacha bilimi ham, aqli ham joyida edi. Oxirgi paytlar eshitishida, yurish-turishida kamchiliklar ko‘rinyapti. Nima qilishga hayronmiz. Davolatib, tezroq sog‘aytiraylik desak, mablag‘imiz yo‘q. O‘zim uy bekasi, xo‘jayinim esa oddiy ishchi”–, deydi Sunnatilloning onasi Dilobar opa.

Sunnatilloning zaruriy ma'lumotlari:

Plastik karta raqami: 8600 3304 9174 8297

(Ipoteka bank, onasi Toshpo‘latova Dilobar nomida)

Telefon raqami: +998935784828

Aziz saxovatpesha yurtdoshlar! Bu murg‘ak qalblar orzularga to‘la. Ularning hayotdan umidlari ko‘p. Ular bizning moddiy va ma'naviy yordamimizga muhtoj. Albatta, hammaning ham o‘z muammolari bor. Ammo hayot faqat muammolardan iborat emas. Quvonchli va zavqli onlar ham bo‘ladi. Yuqoridagi bemorlarimiz ham, ularning ota-onalari ham xursand yashashga haqli. Lekin, ularga ozgina mablag‘ va moddiyatning yo‘qligi to‘sqinlik bo‘lmoqda. Hayotda yana bir yaxshilik va yomonlik degan haqiqat bor. Boshiga taqdir sinovlari tushganlar uchun ko‘mak berish yaxshilik namunasidir. Biz ham yaxshilikka shoshilib, yomonlikdan qochaylik. Zero, chiroyli amallar, savob ishlargina insonning martabasini oshirishini unutmaylik. 

Abror Zohidov, Bekjon Jo‘raqulov,
tasvirchi Doniyor Yakubov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top