13:22 / 09.03.2020
94271
ID-karta olish uchun davlat boji miqdori ma'lum bo‘ldi

ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi 

Foto: IIV axborot xizmati

O‘zbekistonda identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston fuqarosiga, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.

ID-karta uning egasining shaxsini, fuqaroligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi. ID-karta u berilgan vaqtdan boshlab 10 yil muddatga beriladi;

Shuningdek, hujjatda ID-karta olish uchun qancha pul to‘lash kerakligi ham aytilgan. 

Qayd etilishicha, ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi. Ya'ni - 198 470 so‘m.

Bildirilishicha, O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

Top