11:15 / 09.03.2020
346433

UzAuto Motors avtomobillar narxini oshirdi

UzAuto Motors yengil avtomobillarning yangi narxlarini e'lon qildi. Narxlar turli mashinalar kesimida 15-20 foiz atrofida oshgan.

Foto: KUN.UZ

Xususan, Damas va Spark 21 foizgacha, Nexia, Cobalt va Lacetti 15 foizgacha oshirilgan. Yuqori narx segmentidagi avtolar -  Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari o‘zgartirishsiz qoldirilgan.

Yangi narxlar kompaniya rasmiy saytida e'lon qilindi.

Avvalgi narxlar bilan solishtirilsa, Chevrolet Damas VAN narxi 21 foizga oshgan (avvalgisi - 62 750 539).

Shuningdek, Damas DLX ham 21 foizga qimmatladi (eski narxi - 64 696 586). Damas LABO 11 foizga oshdi (71 349 654).

Chevrolet Spark  LS M/T narxi 10 foizga (oldingisi - 66 602 502), Spark LT A/T esa 21 foizga ko‘tarildi (avvalgisi - 76 745 952).

Chevrolet Nexia  LT M/T 15 foizga (avvalgi narxi - 75 930 613), Nexia LTZ A/T 19 foizga (avvalgi narxi - 89 062 015), Nexia LT M/T Optimum Plus 15 foizga (avvalgi narxi - 78 189 036), Nexia LTZ A/T Elegant Plus 19 foizga qimmatladi (avvalgi narxi - 91 320 438).

Chevrolet Cobalt LT s/k narxi 10 foizga (avvalgi qiymati - 87 060 777), Cobalt LTZ A/T 14 foizga ko‘tarildi (avvalgi narxi - 100 777 630).

Chevrolet Lacetti 3 foizga (avvalgi narxi - 111 116 080), Chevrolet Lacetti (GBO) SX 3 foizga (avvalgi narxi - 119 696 350), Chevrolet Lacetti CDX A/T Elegant Plus 3 foizga qimmatladi (oldingi narxi - 134 104 347).

Eslatib o‘tamiz, «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov 2018 yilning yozida kelgusida butlovchi qismlar narxlari tushirilishi orqali avtomobillar narxi ham arzonlashishini va'da qilgandi. 

Top