15:09 / 10.03.2020
0
9792
Namanganda o‘lim bilan yakunlangan pichoqbozlik ro‘y berdi

Namangan viloyatida qotillik sodir bo‘ldi

Illyustrativ foto

2020 yilning 07 mart kuni soat 15:00da muqaddam sudlangan 52 yoshli I.M. Norin tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xiyobonda tanishi, 50 yoshli B.N. bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u janjal davomida yonida olib yurgan pichoq bilan B.N.ning chap son qismiga urib jarohat yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

Natijada, jarohatlangan B.N. ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida I.M. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (o‘limga sabab bo‘lgan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.M. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top