08:06 / 10.03.2020
0
8875
Nukusda «Neksiya» va traktor to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Nukusda “Neksiya” va traktor ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 9 mart kuni soat 09:00larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, "Telesentr" OFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil aylanma yo‘lida haydovchi K.X. “FN 953 LOBOL” rusumli traktorni boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda uning ortidan harakatlanib kelayotgan haydovchi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida traktorga borib urilgan.

Natijada, “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Yong‘in chiqishi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top