17:03 / 10.03.2020
0
7442
«Qora dushanba»: dunyoning eng boy kishilari o‘ntaligidagi milliarderlar bir kunda 38 mlrd dollar yo‘qotdi

«Qora dushanba»ning yuqori o‘ntaligida birinchi o‘rindan Dior va Louis Vuitton egasi Bernar Arno joy oldi - uning boyligi 6 mlrd dollarga kamaydi.

Jyeff Bezos / Foto: Getty Images

Jahondagi eng badavlat o‘n milliarderning boyligi dushanba kuni 37,7 mlrd dollarga kamaydi, deb yozadi Forbes. 

«Qora dushanba»ning eng omadsiz kishisi Yevropaning eng badavlat insoni, Louis Vuitton va Dior egasi Bernar Arno bo‘ldi. Uning boyligi 6 mlrd dollarga kamaydi va 92,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Jahonning eng boy kishisi, Amazon asoschisi va rahbari Jyeff Bezos bir kunda 5,6 mlrd dollar yo‘qotdi. Amazon aksiyalari narxi kechga borib 5 foizga tushib ketdi. O‘tgan hafta davomida Bezosning boyligi yana 14,1 mlrd dollarga kamaydi.

Berkshire Hathaway aksiyalari narxi qulashi ortidan Uorren Baffet 5,4 mlrd dollar yo‘qotdi. Meksikalik telemagnat Karlos Slim bir kun ichida 5 mlrd dollaridan «ayrilgan» bo‘lsa, Facebook asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg 4,2 mlrd dollarlik yo‘qotish bilan yuqori beshlikni yakunladi.

Ulardan keyingi o‘rinda Inditex (Zara, Oysho, Massimo Dutti, Pull & Bear brendlari egasi) xoldingi asoschisi, ispaniyalik Amansio Ortega joylashdi. Uning boyligi bir kunda 4 mlrd dollarga kamaydi.

Microsoft asoschisi Bill Geytsning kapitali 3,8 mlrd dollarga, Google hammuassisi Larri Peyjniki esa 3,3 mlrd dollarga ozaydi. Oracle aksiyalari uch foizga arzonlashganidan so‘ng Larri Ellison 1,8 mlrd yo‘qotdi.

Dunyoning eng boy kishilari o‘ntaligida mablag‘ yo‘qotmagan yagona kishi Maykl Blumberg bo‘ldi. Uning boyligi asosi Bloomberg LP xususiy kompaniyasi bo‘lib, kompaniya aksiyalari bozorda sotilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top