14:49 / 10.03.2020
79796
Sog‘liqni saqlash vaziri: «Biz kasallikni berkitayotganimiz yo‘q, uni berkitishning iloji ham yo‘q»

“OAV vakillariga, xalqaro tashkilotlarga, jamoatchilikka murojaat qilmoqchiman – asossiz, feyk xabarlar bilan kurashishda hamkorlik qilaylik, bizga yordam bering” – Alisher Shodmonov 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

– Agar kasallik qayd etiladigan bo‘lsa, dori vositalarining zaxirasi, shuningdek profilaktika bo‘yicha imkoniyatlarimiz yetarli. Targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, zarur haqqoniy ma'lumotlarni vaqtida yetkazib turishimiz zarur. 

Eng muhimi, har bir fuqaro noto‘g‘ri, vahimali ma'lumotlarga ishonmasligi, o‘z ehtiyot choralarini ko‘rishi zarur. Bu kasallikni biz berkitayotganimiz yo‘q, uni berkitishning iloji ham yo‘q. Zarurat bo‘lmasa, xorijga chiqmaylik, cheklaylik. Siz sog‘lom bo‘lganingiz bilan yoningizdagilar o‘z kasalliklaridan bexabar holda yuqtirib qo‘yishi mumkin. 

Barcha cheklov choralarini oshkor e'lon qilyapmiz va buni to‘g‘ri tushunishni so‘rar edik. Fuqarolarimiz barcha ehtiyot choralarini ko‘rsalar, ishonamanki biz bu jangda g‘olib chiqamiz, – dedi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top