09:20 / 10.03.2020
0
3862
Toshkent shahrida raqamli bank tashkil etilmoqda

Markaziy bank bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risida xabarnoma bilan chiqdi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi 2020 yil 9 martda Toshkent shahrida raqamli bank Anor bank aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

MB xabariga ko‘ra, dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi. 

Bildirilishicha, ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top