17:03 / 11.03.2020
0
4236
4ta mashinaga ortilgan 2,4 mlrd so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

 Tezkor tadbir davomida 4 nafar fuqarolar boshqaruvidagi 2 ta “Lasetti”, “Jyentra” va “Spark” yengil avtotransport vositalari o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

 Natijada, ushbu shaxslar avtomashinasiga ortilgan 13 turdagi onkologik va boshqa kasalliklar uchun mo‘ljallangan dori vositalarining sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta tegishli hujjatga ega emasligi aniqlandi.

 Surishtiruvlar davomida ma'lum bo‘lishicha, avtotransport vositalaridagi dori vositalarining barchasi fuqaro O.D. ga tegishli bo‘lib chiqdi.

 Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan dori vositalarining umumiy qiymati 2 mlrd. 115 mln. so‘mni tashkil qildi.

 Viloyat bojxonachilari tomonidan Toshkent tumanida aniqlangan yana bir holatda fuqaro S.P. boshqaruvidagi avtotransport vositasi belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

 Natijada avtomashina saloni va yukxonasiga muqaddam aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan umumiy qiymati 242 million so‘mlik 27 turdagi 1087 dona turli nomdagi biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari ortilgani aniqlandi.

 Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top