23:04 / 11.03.2020
0
7511
Erdo‘g‘an parlamentga tana haroratini o‘lchovchi teplovizorga ega yordamchi bilan keldi

Turkiya prezidentiga parlamentga tashrif vaqtida tana haroratini o‘lchovchi teplovizorga ega yordamchisi hamrohlik qildi. Ta'kidlanishicha, ushbu chora koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holda qabul qilingan.

Foto: Reuters

Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.  

Prezident yordamchisi Erdo‘g‘an atrofida bo‘lgan jurnalistlar va siyosatchilarning haroratini o‘lchagan.

Foto: Reuters

Avvalroq Turkiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd qilingani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, virus yuqtirgan odam erkak kishi bo‘lib, u Yevropaga safardan yaqindagina qaytgan bo‘lgan. Erdo‘g‘anning o‘zi esa parlamentdagi nutqida infeksiya tarqalishi sababli qo‘l siqishishdan qochayotganini ma'lum qilgan.

Jumladan, Erdo‘g‘an 10 mart kuni Albaniya, Braziliya va Moldova elchilariga ishonch yorliqlarini topshirish vaqtida qo‘l siqishishni joiz topmagan. Shuningdek, Turkiya prezidenti Bryusselga tashrifi vaqtida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan qo‘l siqishishdan qochib, ko‘ksiga qo‘lini qo‘yish bilan kifoyalangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top