09:22 / 11.03.2020
0
8028

Koronavirus sababli 363 mln bola maktabga bora olmayotgani ma'lum qilindi 

Foto: REUTERS

Koronavirus epidemiyasi sababli dunyo bo‘ylab 363 mln bola maktabga bora olmayapti. Bunday ma'lumotlarni YuNeSKOning Parijdagi qarorgohi xodimlari keltirishgan.

Parijda turli davlatlar ta'lim vazirlarining tezkor majlisi bo‘lib o‘tdi. Vazirlar epidemiya sababli yuzaga kelgan vaziyat, jumladan 15 ta davlatda maktablar to‘liq va 14 ta davlatda qisman yopilganini muhokama qilishgan. YuNeSKOda bunday vaziyatda masofadan o‘qitish dasturlarini tatbiq qilish kerakligi aytilgan.  

Shu munosabat bilan xalqaro tashkilot saytida ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan onlayn-ta'lim dasturlari va platformalari ro‘yxati e'lon qilingan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top