11:00 / 11.03.2020
0
3585
Navoiyda MChJ rahbarini 41 mln so‘mga «uxlatgan» boshqa bir MChJ rahbari ushlandi

Navoiyda uy olib beraman deb, 41 million so‘m pullarni olgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

2020 yilning 2 mart kuni 1989 yilda tug‘ilgan, Karmana tumani Varq MFYda yashovchi, MChJ rahbari S.D. ariza bilan murojaat qilgan, deb yozmoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

U tanishi, 1972 yilda tug‘ilgan, Karmana tumani Kattamachit MFYda yashovchi, MChJ rahbari B.R. o‘zining ishonchiga kirib, 2018 yilning 13 aprel kuni, Navoiy shahar Sputnik qo‘rg‘onidan 1 xonali uy olib berishni va'da qilib, jami 41 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini ma'lum qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan B.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan to‘plangan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top