10:16 / 11.03.2020
0
7509
O‘zbekistonda 734ta holatda xodimlar dam olish kunlari ishga jalb etilgan

5261 ta tashkilotga yozma ogohlantirish, 465 tasiga yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, 49 tasi jarimaga tortilgan 

Foto: Shutterstock

2020 yil mart oyi holatiga ko‘ra, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 3993 marta monitoring o‘tkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Bildirilishicha, tashkilot va idoralarda ish vaqti me'yorlariga qat'iy amal qilinishiga erishish, xodimlarning ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishga jalb etilishiga barham berish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilyapti. Ayni mazmunda kelib tushgan murojaatlar asosida monitoringlar o‘tkazilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas'ullarga nisbatan jazo choralari ko‘rilyapti.

Qayd etilishicha, o‘rganishlar 2450 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlanganini ko‘rsatdi. Shularning 1716 tasida xodimlar ish vaqtidan tashqari ishga hamda 734 tasida dam olish kunlari ishga jalb etilgan. 

Natijada, 5261 ta tashkilotga yozma ogohlantirish, 465 tasiga yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, 49 tasi jarimaga tortilgan.

Davlat mehnat inspeksiyasining bu kabi monitoring tadbirlari davom etishi aytilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top