22:13 / 11.03.2020
14664

Paxtachida nega «Afrosiyob»ga tosh otishdi?

Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududida joylashgan Ziyovuddin-Navoiy temiryo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan 761-sonli «Afrosiyob» tezyurar yo‘lovchi elektropoyezdiga no'malum kishi tomonidan tosh otildi.

Foto : KUN.UZ

Ichki ishlar xodimlari tomonidan «noma'lum shaxs» aniqlanganda u Paxtachi tumanida yashovchi 27 yoshli B.M. ekani ma'lum bo‘lgan. Paxtachi tuman ma'muriy sudining U.Habibov raisligida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisida fuqaro bu ishni qilganiga noodatiy sabab keltirgan. Bu haqda Paxtachi tuman ma'muriy sudi Kun.uz`ga xabar berdi.

Fuqaroning aytishicha, temir yo‘lning narigi tomoniga o‘tmoqchi bo‘lganida unga itlar galasi hujum qilib qoladi. B.I aslida poyezdni nishonga olmaganini, shunchaki u itlarga qarata otgan tosh yo‘lidan «Afrosiyob» chiqib qolganini aytgan.

Sud B.Mga uning oilaviy va moddiy ahvolini, shuningdek, muqaddam sudlanmaganini inobatga olib BHMning (ba'zaviy hisoblash miqdori) bir yarim baravari miqdorida (334 ming so‘m) jarima belgiladi.

Top