21:59 / 11.03.2020
0
10140

Pentagon Turkiya Patriot’ni olmoqchi bo‘lsa, Rossiyaga S-400 ’ni qaytarishi kerakligini aytdi 

Turkiya AQShdan Patriot zenit-raketa majmualarini olmoqchi bo‘lsa, unda Rossiyaga S-400 majmualarini qaytarishi lozim.

Patriot zenit-raketa majmuasi / Foto: US Army

Bu haqda Pentagon rahbari yordamchisi Jonatan Rett Xoffman aytib o‘tdi.

“Pentagon rahbarining bu lavozimdagi birinchi kunidan boshlab egallagan pozitsiyasi aniq: Turkiya S-400’ni qaytarmaguncha, Patriot’ni olmaydi”, deb aytgan Xoffman matbuot anjumanda.  

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 10 mart kuni AQSh Anqara S-400 majmualarini sotib olgani borasida o‘z pozitsiyasini biroz yumshatganini ma'lum qilgan.  

S-400 majmuasi / Foto: RIA Novosti, Aleksey Malgavko

AQSh Turkiya Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olganidan xavotir bildirib keladi. Vashingtonning fikricha, Rossiya S-400’dan F-35 qiruvchi samolyotlari haqida ma'lumot olishda foydalanishi mumkin. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top