11:34 / 11.03.2020
0
3609

VEON O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan infratuzilmaga 50 mln dollarga yaqin mablag‘ sarflamoqchi

VEON shu yilning o‘zida ixtisoslashtirilgan infratuzilmaga 50 million dollarga yaqin mablag‘ sarflashni rejalashtirgan

VEON telekommunikatsion holding kompaniyasining (O‘zbekistondagi Beeline savdo belgisi) delegatsiyasi O‘zbekistonga o‘zaro yangi hamkorlik o‘rnatish uchun tashrif bilan keldi. Kompaniyaning yangi rahbariyati – bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu va davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi, Serbiya sobiq prezidenti Boris Tadich O‘zbekistonda mehmon bo‘ldi.

Tashrifini sharhlar ekan, VEON kompaniyalar guruhining bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu shunday dedi: 

«O‘zbekistonga yana tashrif buyurishdan xursandman. 15 yildan keyin Toshkentga so‘nggi ikki hafta ichida ikkinchi marotaba kelishim. Ma'lumki, Veon O‘zbekistonda Beeline savdo belgisi ostida ishlaydi va 2006 yildan beri biz ushbu mamlakatga 1,2 milliard dollardan ko‘proq sarmoya kiritdik. Biz uchun O‘zbekiston - Markaziy Osiyoning yuragi. Respublika “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasini ishlab chiqishda birinchilardan bo‘lib yordam berdi. Bu yerda juda ko‘p o‘zgarishlarni ko‘ryapman. Har bir sohada – telekommunikatsiyalar va xalqaro savdoning barcha turlaridan tortib mamlakatdagi investitsion muhitgacha o‘zgargan. Hukumat bilan olib borgan muloqotimiz bizni g‘oyat ilhomlantirdi va O‘zbekiston bizning biznesimiz uchun asosiy bozor hisoblanadi. Biz dunyoning 10 ga yaqin mamlakatida faoliyat yuritamiz va 210 million mijozga xizmat ko‘rsatamiz. O‘zbekistonda ishlashdan juda g‘ururlanamiz. Kelgusida respublikaga investitsiyalarni jalb qilishni davom ettirish rejamiz bor. 

Men yuqori martabali shaxslar bilan turli uchrashuvlar o‘tkazdim. Ular Toshkent shahar hokimiyatida, Oliy majlis Senatida, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida, investitsiyalar va tashqi savdo va iqtisodiyot vazirliklarida bo‘lib o‘tdi. Keyingi uch yil ichida poytaxt sifatida Toshkent aholisi ikki baravar ko‘payishi mumkinligidan mamnunman. Ushbu yirik o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun raqamli iqtisodiyotni yaratishda birgalikda ishlashga tayyormiz. Shuningdek, hukumat tomonidan yaratilgan qulay investitsiya muhiti bizni, chet ellik sarmoyadorlarni kelajakdagi rejalarimizni amalga oshirishga bo‘lgan ishonchni berganidan bag‘oyat xursandmiz. Shunday qilib, faqat shu yilning o‘zida biz ixtisoslashtirilgan infratuzilmaga 50 million dollarga yaqin mablag‘ sarflashni rejalashtirdik va bu sohani rivojlantirishga yaxshi hissa qo‘shadi deb umid qilaman, chunki O‘zbekiston uchun raqamlashtirish uni amalga oshirish nuqtai nazaridan tobora real holga aylanmoqda. Va biz ushbu o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lganimizdan xursandmiz».

Kaan Terzioglu 10 mamlakatda 210 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatadigan VEON telekommunikatsion xolding kompaniyasining bosh ijrochi direktori.

Boris Tadich serbiyalik siyosatchi va klinik psixolog, ikki marta Serbiya Respublikasi prezidenti lavozimida (2004 - 2012 yillarida) faoliyat yuritgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top