12:13 / 12.03.2020
0
8606
Andijonda o‘smirlar o‘rtasida pichoqbozlik sodir bo‘ldi

Andijonda o‘smirlar o‘rtasida pichoqbozlik ro‘y berdi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

2020 yilning 6 mart kuni soat 18:00da Andijon shahar Tiklanish ko‘chasida 17 yoshli Sh.A. va 19 yoshli I.Q. o‘zaro tortishib, janjallashib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal vaqtida Sh.A. yonida bo‘lgan pichoq bilan I.Q.ning biqin qismiga urib jarohat yetkazgan. Natijada I.Q. kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari davomida pichoq o‘rnatilgan tartibda olingan, Sh.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, farzandlaringiz yonida sovuq qurol olib yurgan yoki yurmaganligini tekshirib nazorat qilib turishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top