13:23 / 12.03.2020
0
4925
Botir Xolmatov: Prezident ko‘p qavatli uylar orasida qurilish qilishda aholi roziligini olish shartligini ta'kidlagan

Prezident ko‘p qavatli uylar orasidagi yirik qurilishlar bo‘yicha shu yerda yashovchi aholi xabardor qilinishi va ularning roziligi olinishi shartligini ta'kidlagan. Agar bunday qilinmasa, qurilishlar to‘xtatilishini tayinlagan

Foto: O‘zA

Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari va matbuot-xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayev ishtirokida shahar faollari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda poytaxt markazidan kelgan faollar o‘z uylari oldidagi hududni, daraxtlarni o‘zlari himoya qilayotganlari, bu bo‘yicha davlat o‘z vazifasini bajarishi lozimligiga urg‘u qaratildi. Toshkent shahar hokimligi qurilish bosh boshqarmasi Botir Xolmatov ko‘p qavatli uylar orasidagi qurilishlar bo‘yicha shunday dedi:

– Tan olamiz, bizning qurilish bosh boshqarmamiz o‘z vaqtida bunday qurilishlarga ruxsat bergan, hozir biz bu masalani qattiq nazoratga oldik. O‘sha qurilishlarga berilgan ruxsatnomalarni biz albatta qayta ko‘rib chiqamiz. Bosh vazirimizning o‘zi ham vaziyatni nazorat qilib boryapti, u kishi shahrimizdagi jarayonlar kuratori hisoblanadi. Shahar hokimi bu boradagi ishlarni har kuni boshqarib boradi. 

Eng muhimi, shaxsan prezidentning o‘zi ko‘p qavatli uylar orasidagi yirik qurilishlar bo‘yicha bunday qurilishlarni qilishdan oldin shu yerda yashovchi aholi xabardor qilinishi va ularning roziligi olinishi shartligini ta'kidlagan. Agar bunday qilinmasa, qurilishlar to‘xtatilishini tayinlagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top