09:34 / 12.03.2020
0
33611

IIV tizimida 6ta lavozim tayinlovi amalga oshirildi 

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi

 Ichki ishlar vazirining 11 martdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar qilindi.

Alisher Arslonov

Podpolkovnik Alisher Miritdinovich Arslonov Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti Kotibiyat boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Arslonov Tashkiliy departament murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi murojaatlarni turkumlashtirish va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Rustam Ro‘ziyev

Podpolkovnik Rustam Ergashovich Ro‘ziyev Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar R.Ro‘ziyev Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Maruf Shermuxamedov

Podpolkovnik Maruf Kobiljonovich Shermuxamedov Samarqand viloyati Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar M.Shermuxamedov Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sherzod Tog‘ayev

Podpolkovnik Sherzod Xidirnazarovich Tog‘ayev Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Tog‘ayev shu yerning o‘zida bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Elmurod Sultanov

Podpolkovnik Elmurod Azatbekovich Sultanov Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar E.Sultanov Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Navro‘z Amanbayev

Mayor Navro‘z Zokirjonovich Amanbayev Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar N.Amanbayev shu yerning o‘zida bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top