15:10 / 12.03.2020
0
9471
Koronavirusga chalingan Rugani o‘z ahvoli haqida xabar berdi
Foto: AFP/Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi futbolchisi Daniyele Ruganida koronavirus aniqlanganligi haqida xabar e'lon qilingach, italiyalik futbolchi bu haqda izoh berdi. U o‘z murojaatida barchadan karantinga qat'i rioya qilishni so‘ragan.

«Men haqimdagi xabardan qayg‘urmasligingizni va xavotir olmasligingizni istardim. Hammasi joyida. Hozirgi favqulodda vaziyatdan chiqib ketish uchun kurashayotgan barcha shifokor va hamshiralarga minnatdorchilik bildirishni o‘z burchim deb bilaman. Barchadan karantinga rioya etishlarini so‘rayman. Chunki bu virus hech kimni tanlab o‘tirmaydi. O‘zimiz, yaqinlarimiz va atrofdagilar uchun ham belgilangan karantin qoidalariga rioya qilaylik» - deya yozadi Rugani instagramida.

Ma'lumot uchun, Italiyada kasallanganlarning umumiy soni 12 mingdan oshib ketdi, qurbonlar soni 827 nafarni tashkil qilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top