16:42 / 12.03.2020
0
3628
La Liga koronavirus xavfi tufayli kamida ikki haftaga to‘xtatildi
Foto: AP Photo/Joan Monfort

La Liga rahbariyati koronavirusning tarqalish xavfi tufayli Ispaniya chempionati o‘yinlarini vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bergan.

La Liganing kamida navbatdagi ikki turi qoldirildi. «Real» sport klubining basketbol o‘yinchisida koronavirus aniqlanganligi bois karantin e'lon qilinganligi bunday qarorga kelinishiga sabab bo‘lgan. 

Ma'lumot uchun, oldinroq Italiya A Seriyasi o‘yinlarini vaqtinchalik to‘xtatish haqida qaror qabul qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top