11:00 / 12.03.2020
0
15491
Novza turar joy kompleksidagi so‘nggi 15ta kvartira uchun katta chegirmalar!
Foto: Novza turar joy kompleksi

Novza turar joy kompleksi juda katta chegirma va mashina turar joyi bilan bahoriy aksiyani e'lon qiladi. 

100kvm gacha maydonli kvartiralarga 25% chegirma + yer usti mashina turar joyi sovg‘a. 

173kvm dan 260kvm gacha maydonli kvartiralarga 30 % chegirma + yer usti mashina turar joyi sovg‘a. 

«Novza» turar-joy kompleksi 1,8 ga maydonda joylashgan uchta 7 qavatli binoni o‘zida jamlagan. Kompleks tarkibiga 202 ta xonadon kirib, shulardan 34 tasi — ikki qavatli. Har bir xonadon shiftining balandligi — 3,30 metr.

«Novza» turar-joy kompleksidagi asosiy dekorativ elementlar 1,5 qatorga terilgan birinchi toifali fasad g‘ishti, travertin va keramogranitdan iborat. Fasadning tashqi qiyofasiga putur yetkazmaslik maqsadida konditsionerlarni yashirish uchun dekorativ fibrobeton qo‘llangan.

Kompleks tashqarisida suhbatlashib o‘tirishga mo‘ljallangan joylar, sun'iy suv havzalari, sayr qilish uchun ko‘rkam bezatilgan yo‘laklar va bolalar maydonlari joylashgan.

Keksa yoshli kishilar vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sershovqin bolalar maydonidan uzoqda stol va o‘rindiqlar tashkil etilgan. Yashil zona va favvoralar kompleksda yashovchilarni salqin havo bilan ta'minlab, sharqona qulaylik muhitini yaratadi.

«Novza» TJKda sharqona uslubdagi bejirim yo‘laklar dizaynini uchratasiz. Ularning har birida domofonlar, naqshinkor eshiklar, mozaika, takomillashtirilgan yevropacha liftlar o‘rnatilgan. Keng va yorug‘ zinapoya marshlari ko‘chish yoki ta'mirlov amalga oshirishda katta predmetlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Parking foydalanuvchilari qulayligi uchun avtoturargohga avtomobilini qo‘yishni istaganlarning navbat poylashi oldi olinib, kirish va chiqish geometriyasi ko‘zda tutilgan. Bizning uylarimizdagi yerosti avtoturargohlari to‘siqsiz kirish qismi hamda eng quyi qavatlar va xonadonlar o‘rtasida harakatlanuvchi yuk tashish lifti bilan ajralib turadi.

Individual buyurtmasiga ko‘ra, turar-joy kompleksida Kone kompaniyasi (Finlyandiya)ning bir tonnagacha yukni ko‘tara oluvchi sig‘imli va keng liftlarini joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Ularning asosiy ustuvor jihatlari — sokin va osoyishta ish, ventilyatsiya tizimi, shuningdek noyob dizayn — uzoq yillar davomida bu xonadonlarda yashovchilarga mukammal xizmat qiladi.

Zamonaviy kirish eshigi — nafaqat uy egasining nufuzi va xavfsizligi ramzi, balki iliqlik va osoyishtalik kafolati hamdir.

«Novza» TJKning barcha xonadonlari yuqori sifatli 120 kg'li Torex eshiklari bilan jihozlangan, ular maxsus ishlanma tufayli yengil yopiladi. Bunday eshiklarning qulfi yuqori chidamlilikka ega bo‘lib, zarblardan buzilmaydi.

Xonadonlar egalari haqiqiy himoya bilan ta'minlanadi.

Germaniyaning Gealan dereza oynalari yuqori texnologiyali RAU-FIPRO materialidan ishlangan. Profilning 6 kamerali tuzilmasi va 74 mm tizimli chuqurligi hisobiga inshootning qulay mikroiqlimiga erishiladi. Bunday derazalar sokinlik va osoyishtalikdan zavq olish imkonini beradi, hatto uyingiz avtoyo‘l yaqinida joylashgan bo‘lsa ham.

Xonadon hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng uning egalariga Design House by Lubov Safronova ixtisoslashtirilgan studiyasida dizayn loyihasini ishlab chiqish uchun kupon taqdim etiladi.

MMG boshqaruv kompaniyasi — bu huquqiy, texnik va kommunal masalalarni o‘z ichiga olgan ko‘chmas mulkning to‘liq boshqaruvi.

― Aholi istaklaridan kelib chiqib, personal uy boshqaruvchisining kundalik ishini tashkil qilish;

― Turar-joy kompleksi hududi (yo‘laklar, uy oldi maydon)ga kirishni nazorat qilishga doir ishlarni ta'minlash;

― Turar-joyning muhandislik uskunalari ekspluatatsiyasi;

― Parvarish va joriy ta'mirlashga doir xizmatlar;

― Uylarni mavsumiy ekspluatatsiyaga tayyorlash;

― Kommunal xizmatlarni hisobga olish tarmoqlari xizmati;

― Uzluksiz favqulodda ta'mirlash xizmati;

― Umumiy foydalanish joylari va uy oldi hududni tozalash ishlari;

― Chiqindini olib ketish.

Kompleksning ilk qavatlarida kafe va restoranlar, shuningdek Di Sport, Sckechers, Ecco kabi mashhur brendlar do‘konlari xizmat ko‘rsatadi.

Turar-joy kompleksi yonida supermarketlar, Yevropa va milliy taomlar restoranlari, tamaddixonalar, bozorlar, Toshkentdagi birinchi batut markazi, G‘ofur G‘ulom nomidagi park va "Bunyodkor" sport kompleksi mavjud.

«Novza» metro bekatiga yetib olish uchun 5 daqiqadan kam vaqt ketadi.

Manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi. 

Mo‘ljal: Novza metro bekati. 

Murojaat uchun telefon: +99893 1505555 

Sotuv bo‘limi manzili: Toshkent, Mirobod ko‘chasi, Mirabad Avenue rezidensiyasi, D blok.

Facebook: https://www.facebook.com/novza.gh/

Instagram: https://instagram.com/novza_residence

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top