11:10 / 12.03.2020
0
9572
O‘qituvchi va xodimlarning ish haqini o‘zlashtirgan shaxslardan 1,2 mlrd so‘m undirildi

Surxondaryo viloyatida o‘qituvchi va xodimlarning ish haqlarini o‘zlashtirgan shaxslardan 1,2 mlrd so‘m to‘liq undirildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma'lumotlar va to‘plangan hujjatlarga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda ATB “Qishloqqurilishbank” Sariosiyo filiali chakana xizmatlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Sh. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida tuman xalq ta'limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan 2019 yil dekabr va joriy yilning yanvar oyi uchun ish haqlari va avans pullari hisobidan jami 1,2 mlrd so‘m pul mablag‘larini bank kassasidan olishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishib, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Shuningdek, ushbu tekshiruv davomida Sh.Sh. va boshqalar tomonidan o‘zlashtirilgan 1,2 mlrd so‘m budjet pul mablag‘lari Departament tashabbusi bilan undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top