20:18 / 12.03.2020
0
8566
Ozarboyjonda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

10 mart kuni Ozarboyjon hukumati mamlakatda Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazishni bekor qilgandi.

Foto: day.az

Ozarboyjonda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Erondan vataniga qaytgan va karantinga joylashtirilgan ozarboyjonlik ayol vafot etdi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi huzuridagi tezkor shtab xabar berdi.

"Ayolda koronavirus infeksiyasi simptomlari aniqlangandi. U karantinga joylashtirilgandi, ammo ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi", - deyiladi shtab xabarida.

Avvalroq Ozarboyjonda koronavirus yuqtirganlar soni 15 nafarga yetgani xabar qilingandi.

10 mart kuni Ozarboyjon hukumati mamlakatda Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazishni bekor qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top