Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Xorazmda zamonaviy issiqxonalarni ko‘paytirish haqida topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangiariq tumanidagi “Global Food Impeks” mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxonani ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishga keng sharoit yaratilmoqda. Joylarda gidroponika usulida issiqxonalar qurilmoqda. Bu sifatli poliz mahsulotlari yetishtirish, ko‘plab ish o‘rinlari yaratish imkonini bermoqda.
“Global Food Impeks” mas'uliyati cheklangan jamiyat uchun ajratilgan maydon 23 gektardan ziyod. Birinchi bosqichda 10 gektar yerda issiqxona qurilgan. 140 kishi ish bilan ta'minlangan.
Bildirilishicha, ilgari bu joy sho‘r bosgan, qarovsiz yer edi. Endi shu zaminning har gektaridan yiliga 300-400 ming dollar miqdorida daromad olinadi.
Pomidor va bodring ko‘chatlari shu yil yanvarda hosilga kirdi. O‘tgan qisqa vaqtda 480 ming dollarlik eksport qilindi. Yil oxirigacha 4-5 million dollarlik mahsulot sotish mo‘ljallangan.
Joriy yilda 13 gektar maydonda issiqxonaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish hamda avgust oyida ishga tushirish mo‘ljallangan. Korxona to‘liq quvvatda ishlaganda yiliga 4 ming tonna pomidor va bodring, shuningdek, qulupnay, gullar va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi, jami 280 ta ish o‘rni tashkil etiladi. Mahsulotlarning 80 foizini qo‘shni davlatlar, Rossiya va Turkiyaga eksport qilish rejalashtirilgan.
- Qishloq xo‘jaligida ilm, yangicha dunyoqarash paydo bo‘ldi. Mana, ishning ko‘zini bilsa, katta daromad olish mumkinligiga misol. Xorazmda yer sho‘rlangan. Shunday joylarda zamonaviy issiqxonalarni ko‘paytirish, 100-200 gektarga yetkazish kerak. Ham odamlarga ishchi joy, ham eksport bo‘ladi, - dedi davlat rahbari.
Issiqxona detallarini mahalliylashtirish, bozor talabidan kelib chiqib qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shu yerda viloyatda meva-sabzavotchilik, tomorqachilik, chorvachilik, baliqchilikni rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Mavzuga oid

14:58 / 17.07.2025
Xorazmda saksovulfurushlarni ta’qib qilgan inspektorlar kaltaklandi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

14:12 / 25.06.2025