21:36 / 12.03.2020
0
1590
Tennis bo‘yicha musobaqalar koronavirus epidemiyasi sababli to‘xtatildi

Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) koronavirus epidemiyasi sababli 6 ta haftaga barcha musobaqalar o‘tkazilishini to‘xtatdi. 

Foto : USATSI

Bu haqda ATP matbuot xizmati xabar berdi.  

“ATP koronavirus epidemiyasi sababli salomatlik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar o‘tkirlashgani sababli erkaklar o‘rtasida professional musobaqalarning 6 haftaga to‘xtatilishini e'lon qiladi. Bu ATP Tour va ATP Challenger Tour’ning 20 aprelgacha rejalashtirilgan barcha tadbirlari to‘xtatilishini anglatadi”, deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, ATP qarori darhol kuchga kiradi va o‘tkazilayotgan barcha musobaqalar muddatdan avval to‘xtatiladi. 

“Sportimizning butunjahon ko‘rinishga egaligi va xalqaro safarlar amalga oshirishni talab qilishi joriy sharoitlarda talaygina xavf va muammolarni hosil qiladi. Biz vaziyat ortidan har kuni kuzatib boramiz va u yaxshilanishi bilan musobaqalar davom ettirilishini intiqlik bilan kutib qolamiz”, deb aytgan ATP raisi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top