09:10 / 12.03.2020
0
4170
Toshkentda ko‘prik qurilishi tufayli yopib qo‘yilgan yo‘lning bir qismi ochildi

Parkent ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga bo‘lgan yo‘l Maxtumquli ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasiga bo‘lgan yo‘nalishda ochiladi 

Toshkent shahrida Parkent ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga bo‘lgan yo‘l Maxtumquli ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasiga bo‘lgan yo‘nalishda ochiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, fuqarolarning ko‘p sonli iltimoslariga ko‘ra, Maxtumquli ko‘chasida ko‘prik qurilishi ishlariga qaramay, 12 mart kuni soat 8:00da Parkent ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga bo‘lgan yo‘l Maxtumquli ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasiga bo‘lgan yo‘nalishda ochiladi. 

Bildirilishicha, bunda qurilish ishlari davom etadi, haydovchilardan xavfsizlik choralariga rioya qilish so‘ralgan. 

“Vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! Tez kunda mazkur hududda ishlar yakunlanib, harakat to‘liq tiklanadi”, - deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, Toshkentda yana bir ko‘cha 10 kunga yopilgani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top