04:05 / 12.03.2020
0
18189
«Yuventus» himoyachisi koronavirus yuqtirdi
Foto: Reuters

«Yuventus» klubi himoyachisi Daniele Ruganida COVID-19 koronavirus aniqlandi. Bu haqda Turin klubi rasmiy bayonot bilan chiqdi. 

«Tibbiy tekshiruvlar natijasida Rugani koronavirusga chalingani ma'lum bo‘ldi. Klub futbolchini alohida saqlash va davolash ishlarini boshladi. Futbolchi bilan yaqin aloqada bo‘lgan klub vakillari ham alohida ro‘yxatga olindi. Ehtiyot chorasi sifatida futbolchilar ham chuqur tibbiy nazoratdan o‘tkaziladi» - deyiladi klub xabarida.

Rugani 8 mart kungi «Inter»ga qarshi o‘yinda maydonga tushirilmagan bo‘lsa-da, turinliklar zaxirasidan joy olgandi. U ikki jamoaning bir qator futbolchilari bilan ko‘rishgan. Virusning uyg‘onish muddati 14 kun sanaladi. 

Ma'lumot uchun, o‘tgan 24 soat ichida Italiyada 168 nafar kishi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni 9 ming nafar kishidan oshgan. Mamlakatda barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan A Seriya o‘yinlari ham qoldirilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top