16:55 / 13.03.2020
3894
Angliya Premer-ligasi o‘yinlari ham qoldirildi

Angliya Premer-ligasi o‘yinlari koronavirusning tarqalish xavfi tufayli to‘xtatildi.

Foto: Richard Calver/Shutterstock

Tashkilot rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, Chempionship va quyi liga o‘yinlari ham bekor qilingan. Angliya chempionati o‘yinlari kamida 4 aprelga qadar o‘tkazilmaydi. Ushbu qaror APL rahbariyatining navbatdan tashqari yig‘ilishda qabul qilindi.

«Mikel Arteta, Kallum Xadson-Odoi va koronavirusdan aziyat chekayotgan boshqalarning tezroq sog‘ayib ketishlarni tilab qolamiz. Hozirgi misli ko‘rilmagan vaziyatda Premer-liga barcha klublar, hukumat, Angliya futbol assotsiatsiyasi va Chempionship bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Biz futbolchilar, personal va muxlislarning sog‘lig‘i haqida qayg‘urayapmiz. Premer-liga ehtiyor chorasi sifatida 4 aprelgacha bo‘lgan barcha uchrashuvlarni qoldirishga qaror qildi. 4 aprel kunidan chempionatlarni davom ettiramiz deb umid qilamiz. Voqealar rivojiga ko‘ra, yana xabarlar beramiz», - deyiladi APL ijrochi direktori Richard Mastersning bayonotida.

Oldinroq Italiya, Ispaniya va Fransiyada chempionat o‘yinlari kamida aprel oyiga qadar to‘xtatilgan, Bundesliga esa keyingi haftadan tanaffusga chiqishi ma'lum qilingandi. 

Bundan tashqari, UYeFA Chempionlar ligasi hamda Yevropa Ligasi o‘yinlarini noma'lum muddatga qoldirgan.

  • So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda virusdan zararlanganlar soni 138 152 nafarni tashkil qilmoqda, qurbonlar soni 5 mingdan oshib ketdi - 5080. 
Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top