10:18 / 13.03.2020
11740
«Chelsi» futbolchisi ham koronavirus yuqtirib oldi
Foto: AFP/Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi yarimhimoyachi Kallum Hadson-Odoini koronavirus yuqtirib olganini ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, 19 yoshli futbolchining COVID-19 koronavirusi uchun topshirgan testi ijobiy javobni ko‘rsatgan. Hozirda u bilan yaqin aloqada bo‘lgan barcha o‘yinchilar, murabbiylar va klub xodimlari izolyatsiyaga olingan. 

«Virus aniqlanganiga qaramay, Kallum o‘zini yaxshi his qilmoqda va mashg‘ulotlarga qaytishni intizorlik bilan kutmoqda. Biz unga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», - deyiladi London klubining bayonotida.

Ma'lumot uchun, bungacha Italiyaning «Yuventus» va «Sampdoriya» klublari futbolchilari, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ham ushbu virusni yuqtirib olishgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top