17:00 / 13.03.2020
18741
Koronavirus tufayli bekor qilingan va qoldirilayotgan turnirlar. So‘nggi ma'lumotlar

Bu ro‘yxat doimiy ravishda to‘ldirib va yangilanib boriladi.

«Valensiya»ning bo‘m-bo‘sh stadioni / Reuters

Fevral oyi oxirida koronavirus butun dunyo bo‘ylab keng tarqala boshlagach - Osiyoda (Xitoy, Janubiy Koreya va Eron), Yevropada (Italiya va qo‘shni davlatlar) minglab tomoshabinlar ishtirok etadigan sport turnirlarini o‘tkazish bo‘yicha shubhalar paydo bo‘la boshladi.

12 mart holatiga ko‘ra koronavirus ta'sir ko‘rsatgan sport tadbirlari ro‘yxatida yuzdan ortiq sahifa mavjud.

Ayni vaqtda quyidagi top-turnirlar bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda:

— Yevropa chempionati (17 mart kuni qaror chiqariladi)
— Hokkey bo‘yicha jahon chempionati (qaror — 15 mart kunidan keyin e'lon qilinadi)
— Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari
— Habib Nurmagomedov — Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang

Bekor qilingan/to‘xtatilgan/ko‘chirilgan

Futbol

Ronaldu 8 mart kuni Turindagi «Yuventus» — «Inter» bahsi oldidan o‘yinga kela olmagan muxlislarga hurmat ko‘rsatmoqda
Foto Reuters

Italiya chempionati 9 martdan 3 aprelgacha to‘xtatilgan.

«Yuventus» himoyachisi Daniele Rugani 11 mart kuni A Seriyada koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan ilk futbolchi bo‘ldi, turinliklar jamoasi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan «Inter» bilan birga karantinga ketdi.

«Yuventus»ning Daniyele Ruganidan tashqari yana bir futbolchisida - Paulo Dibalada virus aniqlangani haqida xabar tarqalgan, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmagan. «Sampdoriya» hujumchisi Manolo Gabbyadini topshirgan test natijalari ham ijobiy chiqqan.

Ispaniya chempionati 12 mart kunidan 2 hafta muddatga to‘xtatildi. Shu kuni «Real»ning basketbol jamoasi karantin holatiga o‘tkazildi.

APLning bir qator jamoalari a'zolarida koronavirus belgilari aniqlandi - «Lester» bosh murabbiyi uch nafar futbolchida koronavirus tasdiqlanganini e'lon qildi, «Chelsi» hujumchisi Kallum Hadson-Odoi koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlandi, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetada ham virus aniqlangan. «Everton» va «Bornmut»da ham bir nafardan futbolchida koronavirus aniqlandi. Ayni vaqtda bu jamoalar to‘liq tarkib bilan karantinda, mashg‘ulot bazalari yopib qo‘yilgan.

Bugun Fransiya va Angliya chempionatlari ham 4 aprel kuniga qadar to‘xtatilishi e'lon qildi. Ammo aprel oyida ham chempionat o‘yinlari tiklanishiga kafolat yo‘q. 

Bundesliga esa bu hafta dam olish kunlaridagi o‘yinlarni o‘tkazib qo‘yadi va keyingi haftadan tanaffusga chiqadi.

17-18 mart kunlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Chempionlar ligasi pley-offidagi «Manchester Siti» — «Real», «Yuventus» — «Lion», «Bavariya» — «Chelsi», «Barselona» — «Napoli» — noma'lum muddatga qoldirildi. Shu bilan birga turnirning chorak finaliga qur'a tashlash marosimi ham kechikadi.

Yevropa Ligasida 12 mart kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan pley-off bosqichi doirasidagi «Sevilya» — «Roma» va «Inter» — «Xetafe» — noma'lum muddatga qoldirilgandi. Bugun bu turnirda ham keyingi haftaga belgilangan o‘yinlar qoldirildi.

Avvalroq Niderlandiya, Gretsiya, Gruziya, Daniya, Portugaliya, Xorvatiya, Chexiya, Shveytsariya, Yaponiya, Qozog‘iston va MLS chempionatlari, shuningdek Libertadores Kubogi to‘xtatilgan, JCh-2022 uchun Osiyo va Janubiy Amerikadagi saralash bosqichi o‘yinlari — bu turnirlarning barchasi kamida mart oyi oxiriga qadar yoki yozgacha qoldirilgandi.

Polsha chempionatining yaqin haftalardagi o‘yinlari tomoshabinlardan xoli holda o‘tkaziladi.

Ukraina chempionati — 3 aprelga qadar tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Xitoy chempionati — start bekor qilingan.

Tahdid ostida

Foto: Gettyimages.ru/Paolo Bruno

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati: Qit'aning 11 mamlakatidagi 12 shaharda 12 iyundan 12 iyulgacha o‘tkazilishi kerak edi.

UYeFA 17 mart kuni 55 assotsiatsiya vakillari bilan videokonferensiya orqali milliy turnirlar, Chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi va Yevro-2020 taqdirini muhokama qilishadi.

LʼEquipe nashri ma'lumotiga ko‘ra, 17 mart kungi favqulodda yig‘ilishda UYeFA Yevropa chempionatini keyingi yilga qoldirish bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari: 24 iyuldan 9 avgustga qadar Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tishi kerak.

Tashkilotchilar birinchi marta turnirni keyinroqqa qoldirish ehtimolini tan olishdi, ammo boshqa variantlar ham bor.

Hokkey

Aleksandr Ovechkin va NXL: tanaffus. Foto USA Today Spors

Milliy hokkey ligasi — mavsum 12 mart kunidan to‘xtatildi. Bir kun avval Milliy basketbol ligasida shunday qaror qabul qilingandi.

Hokkey bo‘yicha ayollar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatlari mart — aprel oylarida Kanada va AQShda o‘tkazilishi belgilangandi — bu turnirlar ham bekor qilingan.

Avstriya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Shveytsariya Osiyo hokkey ligalari — muddatidan avval tugadi.

To‘pli hokkey bo‘yicha jahon chempionati Irkutskda 29 mart — 5 aprel kunlari o‘tkazilishi kerak edi — turnir kuzga qoldirilgan.

Basketbol

Rudi Gober. Foto USA Today Spors

Milliy basketbol assotsiatsiyasi — 11 mart kuni turnir to‘xtatilishi haqida e'lon qildi.

«Yuta Jaz» jamoasining fransiyalik a'zosi Rudi Gober — NBAda koronavirus aniqlangan ilk basketbolchi bo‘ldi.

Yevroliga — 12 mart kunidan barcha bahslar noma'lum muddatga kechiktirildi.

«Real» jamoasida koronavirus aniqlangan, ayni vaqtda butun klub — faqat basketbolchilar emas, futbolchilar ham karantinga o‘tkazilgan.

FIBAning barcha turnirlari noma'lum muddatga qoldirilgan.

Ukrainada ayollar va erkaklar chempionatlari — yakunlandi.

Pekindagi Taqiqlangan shahar ko‘rinishi. Foto AFP

Boshqalar

Voleybol bo‘yicha yevrokuboklar — noma'lum muddatga ko‘chirildi.

«Formula-1»ning Xitoy Gran-prisi — 2020 yilgi chempionat starti (13 — 15 mart) bekor qilindi.

Koronavirus «Maklaren» jamoasi a'zolaridan birida aniqlangan va u turnirda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Motosport bo‘yicha AQSh Gran-prisi 15 noyabrga qoldirildi, mavsum 19 aprel kuni boshlanishi kerak edi.

Qatar va Tailandda Moto GP seriyasidagi poygalar ham bekor qilingan.

ATP 12 martdan barcha tennis turnirlarini 6 haftaga bekor qildi, ITF — 20 aprelgacha. Endilikda Budapeshtdagi federatsiyalar kubogi o‘tkazilmaydi (14 — 19 aprel).

Top-turnirlar orasida dastlab Indian-Uellsdagi turnir bekor qilingandi, 12 mart kuni Mayami ham qo‘shildi, bahorning katta qismi WTA turnirlarisiz o‘tadi.

Shimoliy Amerika beysbol ligasi (MLB) — bahorgi mashg‘ulot o‘yinlarini bekor qilgan, mavsum starti kechiktirilgan.

Xitoyning Nankin shahrida 13—15 mart kunlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati — bir yilga qoldirilgan.

Polshaning Gdina shahrida 13 — 15 mart kunlari yarim marafon bo‘yicha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jahon chempionati oktabr oyiga qoldirilgan.

Rimdagi yugurish marafoni (29 mart) — bekor qilingan.

«Tirrento-Adriatika» (11 — 17 mart) va «Milan — San-Reno» velopoygalari (21 mart) — noma'lum muddatga qoldirilgan.

Rim Kolizeyi. Foto AFP

Ispaniyaning Marbele shahrida (13 — 15 mart) va Fransiyaning Te shahrida (26 — 30 mart) o‘tkazilishi kerak bo‘lgan badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-prilar — bekor qilingan, Italiya Gran-Prisi — iyun oyiga ko‘chirilgan.

Qatardagi sport gimnastikasi bo‘yicha Gran-pri — iyun oyiga qoldirilgan.

Suv sporti turlari bo‘yicha Yevropa federatsiyasi homiyligidagi barcha musobaqalar — noma'lum muddatga ko‘chirilgan.

Xitoyda suvga sakrash bo‘yicha Jahon seriyasi bosqichi va sinxron suzish bo‘yicha Jahon seriyasi — bekor qilingan.

Suv polosi bo‘yicha Olimpiada uchun saralash turnirlari — may oyiga ko‘chirilgan.

Suv polosi bo‘yicha jahon ligasi — sentabr-oktabr oylariga ko‘chirilgan.

Moskvada 13 — 21 aprel kunlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionati — iyul oyiga qoldirilgan.

Stol tennisi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati Koreyaning Pusan shahrida (22 — 29 mart) — keyinroq, iyun oyida o‘tkaziladi.

Regbi-7 bo‘yicha Hongkongdagi Jahon seriyasi (3-5 aprel) va Singapurdagi shunday turnir (11-12 aprel) — oktabr oyiga ko‘chirilgan.

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha jahon chempionati Xitoyning Syamin shahrida emas (25 — 31 may) — Meksikaning Kankun shahrida o‘tadigan bo‘ldi.

Figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati Monrealda (18 — 22 mart) o‘tishi kerak edi — turnir bekor qilingan, ammo turnir keyinroq — 2020 yilning oktyabrida qayta tashkillashtirilishi mumkin.

Biatlon bo‘yicha Jahon kubogining Norvegiyadagi bosqichi — muddatidan avval yakunlandi, Oslodagi start (20 — 22 mart) — bekor qilindi.

Tog‘ chang‘isi poygasi bo‘yicha Amerikaning Minneapolis shahrida (18 mart) va Kanadaning Kenmor shahrida (20 — 22 mart) o‘tishi kerak bo‘lgan turnirlar — bekor qilindi, Kanadaning Kvebek shahridagi turnir (14 — 15 mart) — o‘tishi so‘roq ostida. Norvegiya jamoasi Shimoliy Amerikadagi turnirga borishdan bosh tortgan.

Short-trek bo‘yicha jahon chempionati Seul shahrida (13 — 15 mart) o‘tkazilishi kerak edi — turnir bekor qilingan.

Kyorling bo‘yicha jahon chempionati Kanadaning Prins-Jorjye shahrida (14 — 22 mart) o‘tkazilishi kerak edi — turnir bekor qilingan.

Tramplindan sakrash bo‘yicha jahon chempionati Sloveniyaning Planitsa shahrida o‘tkazilishi belgilangandi (19 — 22 mart) — bekor qilindi.

Shu haftada Norvegiya va Rossiyada tramplindan sakrash bo‘yicha Jahon kubogi bosqichlari ham bekor qilingan.

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha jahon kubogi finali Italiyaning Kortine d'Ampetsso shahrida o‘tkazilishi kerak edi (18 — 22 mart) — bekor qilingan.

Tomoshabinlarsiz/cheklovlar bilan

O‘zbekistonning JCh-2022 saralashi doirasida Yaman (31 mart), Singapur (4 iyun) va Saudiyaga (9 iyun) qarshi o‘yinlari noma'lum muddatga qoldirilishi mumkin.

KXL pley-offi doirasida «Yokerit» jamoasi uy o‘yinlari — tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi, «Ak Barsa» va «Salavat Yulayev» jamoasi o‘yinlari bilan ham shunday bo‘lishi mumkin.

Hokkey bo‘yicha Chexiya va Shvetsiya chempionatlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Biatlon bo‘yicha Jahon chempionatining Finlyandiyadagi bosqichi — Kontiolaxtidagi turnir (12 — 15 mart), va Chexiyadagi Nove-Mesto bosqichi (5 — 8 mart) — tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

«Formula-1»ning Bahrayndagi Gran-prisi (20 — 22 mart) — tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Handbol bo‘yicha Olimpiya saralashi Vengriyaning Dor shahrida (20 — 22 mart) — tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Braziliyadagi UFC turniri (14 mart) ham — tomoshabinlarsiz.

Yekaterinburgdagi shaxmat bo‘yicha turnir (15 mart — 5 aprel) — tomoshabinlarsiz.

UFC 249 turniri doirasida Xabib Nurmagomedov — Toni Fergyuson jangi 18 aprel kuni AQShning Nyu-York shtati Bruklin shahrida o‘tkazilishi kerak edi, hozircha bu jang taqdiri noma'lum.

Hokkey bo‘yicha jahon chempionati 8 martdan 24 maygacha Shveytsariyaning Lozanna va Tsyurix shaharlarida o‘tkazilishi kerak edi. Muz hokkeyi bo‘yicha xalqaro federatsiya (IIHF) hukumatlar bilan maslahatlashuv yakunlaridan keyin 14 mart kuni qaror qabul qiladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top