09:36 / 13.03.2020
16029
Koronavirusga chalingan birinchi bemor 17 noyabrdayoq aniqlangan - OAV 

Xitoyda yangi turdagi koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi holat avval taxmin qilingandek, 2019 yil dekabrda emas, balki 17 noyabrdayoq qayd qilingan.

Foto: EPA-EFE

Bu haqda hukumat hujjatlariga tayanib South China Morning Post nashri xabar berdi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida yashagan 55 yoshli erkak haqida bormoqda. 

Hammasi bo‘lib noyabrda Xubeyda 9 nafar kasallangan aniqlangan, biroq ulardan birortasi virusdan birinchi zararlangan “nolinchi bemor” sifatida tasdiqlanmagan.

Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 135 mingga, vafot etganlar soni 5 mingga yaqinlashib qoldi. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini dunyo ko‘lamidagi epidemiya - pandemiya deb e'lon qilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top