15:10 / 13.03.2020
23252
Navro‘z bayramiga Golden House'dan kutilmagan taklif!

Bahorning iliq kunlari, uyg‘onish davri. Hammaning qalbi o‘zgarishlar va yoqimli yangiliklarga intiladi. Golden House esa siz kutgan o‘sha yangiliklarni taqdim etadi!

Foto: Golden House

16 martdan 21 martga qadar Golden House savdo ofislarida misli ko‘rilmagan yangilik – barchasini birdaniga qo‘lga kiritish imkoniyati: «Parisien», «Greenwich», «Qushbegi» va «Assalom» turar-joy majmualaridagi aksiya va chegirmalar!

Keling, hozirgi kunda Golden House'da qanday chegirma va aksiyalar amal qilayotganini birma-bir eslab o‘tamiz.

Yevropa sifati va Fransiya muhiti mujassamlashgan «Parisien» turar-joy majmuasida 8 mart – latif ayollarimiz kuni munosabati bilan e'lon qilingan barcha xonadonlar uchun 8%li chegirma.

Shuningdek, ushbu turar-joy majmuasidagi mansardali yoki sokolli xonadon xarid qilsangiz, avtomobilingiz xavfsizligi uchun shinam turargoh mutlaq bepul taqdim etiladi va siz shu bilan 57 000 000 so‘m tejab qolasiz!

«Parisien» TJMning yonginasida joylashgan o‘zbekona «Qushbegi» turar-joy majmuasida xonadonlar uchun noyob bahoriy chegirmalar amal qilmoqda. Ushbu majmuadan xonadon sotib olganlarga zamonaviy oshxona to‘plami va qo‘shimcha tarzda xonadonimizni issiq kunda salqin, sovuq kunlarda esa issiq qiluvchi konditsioner sovg‘a sifatida taqdim etiladi. Shu bilan birga, yangi xonadoningizni ajoyib mebel va buyumlar bilan jihozlashingiz uchun yangi mijozlarga Home Market do‘konlari bilan hamkorlikda 2 000 000 so‘mlik sertifikat sovg‘a sifatida tuhfa qilinmoqda.

Angliyaning oliyjanoblik va aslzodalik xislati aks etgan «Greenwich» turar-joy majmuasi uchun ham cheklangan muddatda amal qiladigan 20%gacha bo‘lgan chegirmalar taqdim etilmoqda. Bundan tashqari, xonadon xaridorlarini 2 000 000 so‘mlik sovg‘a ham kutmoqda. Ushbu sovg‘aga Home Market do‘konlarida uyingizni jihozlashingiz uchun zarur bo‘lgan buyumlar xarid qilishingiz mumkin. Mijozlarimizni yanada xursand qilish uchun zamonaviy va qulay oshxona mebelini ham o‘zimiz sovg‘a qilamiz.

Yorqin va beg‘ubor «Assalom Maxtumquli» turar-joy majmuasi uchun taklif qilinayotgan aksiya va chegirmalar ham qolishmaydi. Xonadonlarga bahoriy chegirmalardan tashqari oshxona to‘plami ham mutlaq bepul taqdim etilmoqda.

Umuman olganda, «Bahoriy aksiya va chegirmalar ketma-ketligi» doirasida barcha turar joy majmualari uchun o‘zgacha afzalliklar va imkoniyatlar e'lon qilingan. Ammo diqqatga molik tarafi shuki, aynan 16 martdan (dushanba) 21 martgacha (shanba) savdo ofislariga tashrif buyurgan mijozlarni yanada ko‘proq sovg‘alar va imkoniyatlar kutib qoladi. Ushbu kunlarda hech bir mijozimiz sovg‘asiz ketmaydi. Shaxsiy menedjyerlarimizdan barcha o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling.

Keling, ko‘ring va baho bering. Siz albatta mijozimizga aylanasiz!

Bahorni Golden House yordamida yangi imkoniyatlar bilan qarshi oling!

Golden House Bosh savdo ofisi manzili: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti, Darxon, «Novomoskovskaya» turar-joy majmuasi.

Telefon raqami: +998 78 150-11-11

Sayt: www.gh.uz/evens

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Top