19:36 / 13.03.2020
0
8387
Prezident Xorazmdan Toshkentga qaytib keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga ikki kunlik safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga safari doirasida Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘i namoyishi qilindi. 

Davlat rahbari haykalning xomaki nusxasini, uning atrofdan ko‘rinishini sinchiklab ko‘rdi. Mazkur yodgorlik mahobatli bo‘lishi, uzoqdan ham yaqqol ko‘zga tashlanib turishi zarurligini ta'kidladi.

Bog‘ uchun mo‘ljallanayotgan maydon mutasaddilar bilan muhokama qilindi.

«Jaloliddin Manguberdi - buyuk sarkarda bobomiz, millatimizning faxr-u g‘ururi. Unga bag‘ishlangan maydon shunga yarasha katta, mazmunli bo‘lishi kerak. Bog‘ bo‘ylab Manguberdining ozodlik uchun kurashi, janglari haqida lavhlar o‘rnatilishi zarur. Bu yerga kelgan odam faqat haykalni ko‘rmay, o‘ziga bilim, kuch-qudrat olsin, turistlar tariximizni o‘rgansin», - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltiradi prezident matbuot xizmati.

Loyihani qaytadan puxta ishlab chiqish, transport harakati uchun qulayliklarni inobatga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, davlat rahbari Xorazm viloyatiga safarini yakunladi va Toshkentga qaytib keldi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top