19:45 / 13.03.2020
0
4532

Ukrainaga xorijliklarning kirishi taqiqlandi

Ukraina koronavirus tarqalishi sababli 2 kundan keyin xorijliklar uchun chegarani vaqtinchalik yopishga qaror qildi.

Foto: EPA

Bu haqda Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov shoshilinch brifingda ma'lum qildi.

Ukrainaga kirishga taqiqlov 2 hafta amal qiladi. Ukraina tashqi ishlar vazirligi boshqa davlatlarni chegaralarini yopishi haqida ogohlantiradi.

Danilovning ta'kidlashicha, xorijliklarning kirishiga taqiqlov vaziyat qanday rivojlanishiga bog‘liq holda uzaytirilishi mumkin. 

Hukumat, shuningdek, ukrainaliklarga xorijga safarlarni cheklashni tavsiya qilgan. Xorijda bo‘lgan ukrainaliklar esa uyga qaytishlari mumkin bo‘ladi, biroq ular qaytgach tibbiy kuzatuv ostiga joylashtiriladi. Bir hafta ichida chegaradagi barcha o‘tkazish punktlari kasallanganlarni aniqlash uchun tezkor testlar bilan ta'minlanadi.

13 mart kuni Ukrainada koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Kasallikdan Jitomir oblastida yashovchi ayol vafot etgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top