10:46 / 14.03.2020
10754
15 mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 15 mart, yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 22-24 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
 

Top