16:38 / 14.03.2020
24303
Kusherbayev: «Yolg‘on ma'lumotlar tarqatganlik uchun jazo senzurani kuchaytirishi mumkin»
Foto: KUN.UZ

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Sog‘liqni saqlash vazirligining turli epidemiyalar fonida yolg‘on xabarlardan fuqarolarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqqan qonun loyihasi senzurani kuchaytirishga yo‘l ochib berishi mumkin», - deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.

Deputatning fikricha, Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot sohasiga taalluqli qonun loyihalari ishlab chiqishdan ko‘ra tibbiyot sohasidagi muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha ishlashi kerak.

«To‘g‘risi, Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot sohasidan ko‘ra tibbiyot sohasida tiqilib yotgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha qonun loyiha ishlab chiqsa bir oz mantiqliroq bo‘larmidi. Yana bilmadim», - deya xulosa qildi Rasul Kusherbayev.

Avvalroq, yolg‘on ma'lumotlar tarqatganlik uchun jarima joriy etilishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Top