11:19 / 14.03.2020
24564

Odam savdosida ayblanayotgan ayol xalqaro aeroportda qo‘lga olindi 

Foto: IIV axborot xizmati

Odam savdosi jinoyatida ayblanayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi

Joriy yilning 12 mart kuni “Dubay-Toshkent” yo‘nalishi orqali I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Buxoro viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbirlar olib borilgan.

Ularning natijasida, 1994 yilda tug‘ilgan, Qorako‘l tumani, Bandboshi qishlog‘ida ro‘yxatda turgan, Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) va 223-moddasi 2-qismida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, 2018 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Z.B. qo‘lga olingan.

Ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar keltirilmagan. 

Mavzuga oid
Top