00:48 / 14.03.2020
7805

Ruminiya bosh vaziri karantinga ketdi

Foto: Reuters

Ruminiya bosh vaziri lavozimini bajarayotgan Lyudovik Orban koronavirus aniqlangan senator bilan muloqotda bo‘lgandan keyin karantinga ketishga qaror qildi.

“Men karantinga ketmoqdaman va o‘z majburiyatlarimni masofadan bajaraman”, deb aytgan Orban jurnalistlarga.

Ta'kidlanishicha, Orban 9 mart kuni koronavirusga uchragan senator ishtirok etgan uchrashuvga tashrif buyurgan.

Koronavirusga nafaqat Orban, balki bir qator vazirlar ham tekshirilmoqda. Agar tekshiruv natijalariga ko‘ra yana kasallanish holatlari aniqlansa, unda butun hukumat karantinga jo‘natilishi mumkin.

Bunday vaziyat Ruminiyada siyosiy inqiroz avj olgan bir vaqtda yuz berdi. O‘tgan oy Orban hukumati parlament ishonchsizlik bildirgandan keyin iste'foga jo‘natilgandi.

Ayni vaqtda Ruminiyada koronavirusga chalinganlar 70 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda  ta'lim va madaniyat muassasalari yopilgan.  Bir qator davlatlar, jumladan Xitoy va Italiyadan uchib kelganlar ikki haftalik karantindan o‘tishlari kerak.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top