21:22 / 14.03.2020
19870
Turkiyaga 14 mamlakat fuqarolari kirishi taqiqlandi

Turkiya portlariga kirayotgan barcha xorij kemalari oxirgi marta to‘xtagan 10ta porti yozilgan ro‘yxatni taqdim etishi kerak.

Foto: Anadolu

Turkiya 14 martdan boshlab Germaniya, Ispaniya, Norvegiya, Fransiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya va Niderlandiya fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi.

«Anadolu» agentligining yozishicha, Turkiya fevralda Xitoy, Eron, Iroq, Janubiy Koreya va Italiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.

Taqiq 17 aprelga qadar amal qiladi.

Bundan tashqari, keyingi 14 kun davomida yuqorida sanab o‘tilgan davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolariga ham Turkiya hududiga kirish taqiqlanadi.

Shuningdek, Turkiyadan ko‘rsatib o‘tilgan davlatlarga chiqish ham vaqtincha to‘xtatiladi. Shu bilan birga Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Avstriya, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya va Niderlandiya fuqarolarining Turkiyani tark etishlarini cheklash ko‘zda tutilmagan.

Turkiya portlariga kirayotgan barcha xorij kemalari oxirgi marta to‘xtagan 10ta porti yozilgan ro‘yxatni taqdim etishi kerak. Agarda kemalar so‘nggi 14 kun ichida Xitoy, Eron, Italiya, Germaniya, Shvetsiya, Niderlandiya, Fransiya, Ispaniya, Daniya, Norvegiya, Belgiya, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hongkong va Singapur portlarida bo‘lgan bo‘lsa yoki bu mamlakatlar fuqarolarini tashigan bo‘lsa, zarur choralar ko‘riladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top