13:32 / 14.03.2020
29560
Turkmaniston prezidenti koronavirusga qarshi xalq tabobati vositasini aytdi
Foto: RIA Novosti

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov hukumat yig‘ilishida fuqarolarga koronavirusdan himoyalanish uchun qadimiy xalq vositasi – isiriqdan foydalanishni tavsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy televideniyega tayangan holda xabar berdi.

Davlat rahbari turkmanlarning ajdodlari ming yillar davomida zararli odatlar va turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning milliy usulini yaratishgani ta'kidladi.

«Dono ajdodlarimiz muhim tadbirlar oldidan isiriq tutatishgan. Bu an'anaga qat'iy amal qilishgan», — dedi u.

Berdimuxamedov isiriq tutatish an'anasi hozir ham davom etayotganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘simlikning tutuni inson tanasiga turli viruslar kirishining oldini oladi.

Hozirgi vaqtda Turkmanistonda koronavirus bilan xastalangan biror bemor aniqlanmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top