15:10 / 14.03.2020
11654
Uzbekistan Airways: Yevropa davlatlariga hozircha charter reyslar rejalashtirilmagan
Foto: KUN.UZ

14 martdan boshlab koronavirus kirishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston bilan Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya o‘rtasidagi barcha aviaqatnovlar to‘xtatilgan. 

Bunday vaziyatda yirik davlatlar va O‘zbekiston o‘rtasida aviaqatnovlar qanday amalga oshirilishi, xususan charter reyslar rejasi yuzasidan qiziqib, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi bilan bog‘landik:

– Uchta davlat va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘xtatildi. Bular Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya kabi yirik davlatlardir. Hozir Yevroittifoqqa bir yo‘nalish – Germaniyaning Frankfurt shahriga qatnovlarni amalga oshiryapmiz. 

Charter reyslarga kelsak, bu borada hozircha so‘rov kelib tushmagan. Aviaqatnovlar to‘xtatilishi ham, bugun, 14 mart kunidan amalga kirdi. Shu bois hali charterlar masalasi ko‘rib chiqilmadi. 

Bunday vaziyatda charter reyslar rejasi Transport vazirligi va xorijiy davlatlardagi elchixonalarimiz bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. Elchixonalar qaytish istagida bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantiradi, Transport vazirligi esa vaqt va joyni belgilab beradi. Shunday keyin aviakompaniyamiz o‘sha belgilangan reja asosida charter reysni amalga oshiradi.

Har qanday yangiliklarni tezkorlik bilan jamoatchilikka yetkazamiz, – dedi “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi matbuot kotibi Habibullo Nabiyev.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top