15:10 / 15.03.2020
98175
Chegaralar yopilmoqda: O‘zbekiston barcha aviaqatnovlarni to‘xtatdi

16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi.

16 mart kunidan e'tiboran O‘zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov maxsus brifing chog‘ida ma'lum qildi.

Shu bilan birgalikda, temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashishga uch kun davomida ruxsat beriladi. Bu qaror ayni vaqtda Rossiya va boshqa davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston poyezdlarining qaytib kelishi bilan bog‘liq ekani ta'kidlandi.

Bu masala ham yaqin vaqt ichida ko‘rib chiqiladi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, endilikda O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlarda qolgan o‘zbekistonliklarning qaytishi uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barchasi karantinga joylashtiriladi.

Jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top